Kecha bir achchi haqiqatga iqror bo’ldim. Ko’pchiligimiz Sivilizatsiya deganda G’arbliklar hayot tarzi, ular ishlayotgan kinofilmlardagi lavhalarni va shunga o’xshash yengi yelpi hayot tarzini tushunamiz. Aslida esa unaqa emas, ha unday emas…
O’tgan kuni “Afrika huquq va moliyasidagi dolzarb muammolar” (Issues of Law and Finance in Africa) darsi vaqtida bir kursdoshim Afrikada olib borilgan mustamlakachilik uning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida prezentatsiya qildi. So’zlarini yakunlagach, hammamiz qiziqarli savollarni berdik u ham qo’lidan kelguncha javob berdi.
Nihoyat Professorimiz Romuald Haule “Afrika mustamlakchilik davrini o’tkazmaganida, ya’ni Evropa tomonidan bosib olinmaganida bungi hayot qanaqa bo’lar edi” degan savol bilan murojat qildi. Shunda kursdoshim “bilmasam, bu narsa haqida o’ylab ko’rmagan ekanman, shuning uchun aniq fikrim yo’q” deb qisqa javob qildi. Men esa o’z fikrimni aytish uchun ruhsat so’ragach “agar Afrika Evropa tomonidan ishg’ol qilinmaganida ahvol bugungidan yomon bo’lar edi” deb o’z fikrimni ommaga aytdim.
Guruhimizda anchagina Afrikaliklar bo’lgani uchun hammasi mani bergan javomimni eshitgach g’azab bilan qarashib nimalar deyishmoqchi bo’lganda professorimiz tanaffus bo’lganini aytib qoldi. Hammamiz coffee break qildik. Tanaffusda o’z bilan birga yashaydigan honadoshim birinchi marta ko’zi yonib turgan olov bn manga murojat qildi “san manga aytchi, nega unaqa deding, Evropasiz Afrika bugungidan battar bo’lardi, manga tushuntir nimaga asoslanib bunday deganingni ” deb so’radi.
Man fikrimni isbotlash uchun, “mana qara, Evropa Afrikani bosib olgach silarda o’sish bo’ldi, zamonaviy hayot kechiryapsilar, dunyoni ko’ryapsizlar, tv, internet kompyuter nimaligini bildizlar, ilm-fan tehnika rivojlandi, bir so’z bilan aytganda sivilizatsiya kirib keldi” dedim. Shunda afrikalik do’stim yana savol berdi manga ” san uchun sivilizatsiya nima degani?”. Man esa o’shanda ham tushunib yetmay tortishib, evropacha hayotni, bugungi kunda biz o’ralashib qolgan, bizni qo’g'irchoqdek boshqarib turgan G’arbliklar hayotidan namular ko’rsata ketdim.
Shu yerda do’stim meni to’htatib ” bilib qo’y, man uchun san aytayotgan narsalar sivilizatsiya emas, Evropa kelmasdan oldin bizni o’z urf odatlarimiz bor edi, milliy qadriyatlarimiz, yashash tarzimiz boshqacha edi, bahtli edi. Mayli internet, kompyuter, transportlar kirib kelmasdi, lekin o’z ota-bobolarimiz yashab kelgandek yashab yuraverardik. Biz uchun hamma narsadan muhimi tinchlik, bahtli hayot edi” deb ko’zlarida yosh qalqidi, va davom etdi “Evropa Afrikaga san aytayotgan sivilizatsiya bilan birga, turli hil balo qazolarni ham olib keldi, biz o’z qadriyatlarizmini yoqotdik, oldin cho’lu biyobonda bo’lsa ham toza musaffo havodan nafas olardik, bugunchi atrof muhit ifl
oslanib ketdi, ichishga suv yo’q, odamlar turli hil kasalliklardan o’lib ketayapti, shumi san aytayotgan sivilizatsiya” deb so’zlarini tugatdi. Bu gaplardan so’ng, man bilmasdan noto’gir gapirib afrikalik do’stlarimni ranjitganimni ilg’ab o’zimdan uyalib ketdim.
Bu maqolani yozishimdan maqsad, bugungi kunda biz Evropa, Amerika tomon oshiqmoqdamiz, ularning hayotiga havas bilan qaraymiz, aslida ham shundaymi degan fikr yuritish edi. Bunga sabab biz ko’rayotgan kinofilmlar, har kuni oynai jahon orqali ko’rsatiladigan yo’lg’on aralash yangiliklar bizni miyamizga shunday narsalarni singdirib boryapti. Aslidachi, ularda muammolar biznikidan ming chandon ko’p, bizdan ko’ra bahtsizroq, bizdan ko’ra iflosroq muhitda yashashadi. Azizlar yengil yelpi G’arbliklar hayotini zamonaviy hayot shu ekan deb aldanib qolmaylik. O’zligimizni yoqotmaylik, oddiy bo’lsa baxtliroq hayot kechiraylik. Hulosa o’zingizdan, fikr va mulohazalaringiz bilan o’rtoqlashing.